date

Shtutgart Ko'lnni mag'lub etib, kuchli to'rtlikka chiqdi

Shtutgart Ko'lnni mag'lub etib, kuchli to'rtlikka chiqdi

Bundesliganing 22-turida Ko'lnni qabul qilgan Shtutgart erta gol urib, uchrashuvni o'z nazorati ostida olib bordi va yakunda 3:1 hisobida zafar quchdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'yinning 2-daqiqasidayoq Deniz Undav xavfli vaziyatga chiqdi, biroq zarba o'rniga uzatma yo'lini tanladi va darvozabon epizodni o'qib, to'pni egallab oldi. 15-daqiqada esa Jemmi Leveling hujumni keskinlashtirdi, Ermedin Demirovich esa imkoniyatdan unumli foydalanib, hisobni ochdi — 1:0.

Ikkinchi bo'limda Ko'ln javob qaytardi: 60-daqiqada Luka Valdshmidt Ragnar Aheni tezkor hujumga chiqarib yubordi, u esa darvozabon ustidan to'pni oshirib, hisobni tenglashtirdi — 1:1. Shunga qaramay, uchrashuv so'ngida Shtutgart yana o'z so'zini dedi: 84-daqiqada Ramon Hendriksning uzatmasidan keyin Demirovich dubl qayd etib, mezbonlarni yana oldinga olib chiqdi — 2:1.

Qo'shimcha daqiqalarda ham Shtutgart bosimni to'xtatmadi: Anjelo Shtiller yaratib bergan vaziyatdan Undav unumli foydalanib, yakuniy hisobni o'rnatdi — 3:1.

Ushbu g'alabadan so'ng Shtutgart turnir jadvalida yakka 4-o'ringa ko'tarildi, Ko'ln esa 11-pog'onada qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shtutgart Ko'lnni mag'lub etib, kuchli to'rtlikka chiqdi