Valverde Realning Chempionlar ligasidagi imkoniyatini baholadi

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde jamoasining joriy mavsum Chempionlar ligasida g‘olib chiqish ehtimoli haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mavsum “qaymoqranglilar” uchun bir tekis kechmayapti va ayni paytda Alvaro Arbeloa boshqaruvidagi jamoa Yevropaning eng nufuzli turniri uchun asosiy favoritlar safida tilga olinmayapti.
“Chempionlar ligasini yutishimiz mumkinmi? ‘Real’ sardori ‘yo‘q’ desa, bu uyat bo‘lardi. Kerak bo‘lsa, kuniga to‘rt soatlab mashg‘ulot o‘tkazamiz. Bu klub futbolchilardan 100% diqqatni faqat futbol va g‘alabalarga qaratishni talab qiladi”, — deya Valverdening so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.
“Real” Chempionlar ligasi pley-offining stykov bosqichida “Benfika”ga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki uchrashuv 17 fevral kuni Lissabonda, javob bahsi esa 25 fevral kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!