Kompani 17 yoshli Karlga bosim yoʻqligini aytdi

Myunxenning «Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Vensan Kompani 17 yoshli yarim himoyachi Lennart Karlning o‘yini haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, Karlga alohida bosim yuklanmayapti: u hech narsani sovg‘a qilib olayotgani yo‘q, biroq yoshi inobatga olinib, jamoani natijaga yetaklash majburiyati uning zimmasiga qo‘yilmayapti. Kompani Karlning ushbu uchrashuvda ham hujumda, ham himoyada o‘zini yaxshi ko‘rsatganini qayd etdi.
Bundesliganing 22-turida «Bavariya» safarda «Verder»ni 3:0 hisobida yirik mag‘lub etdi. Karl uchrashuvni to‘liq — 90 daqiqa o‘tkazib, bitta golli uzatma bilan ajralib turdi.
Joriy mavsumda Karl «Bavariya» tarkibida 30 ta o‘yinda maydonga tushdi, 7 ta gol urdi va 4 ta assist muallifiga aylandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!