date

Viktor Osimhen Bavariya diqqat markaziga tushdi

Viktor Osimhen Bavariya diqqat markaziga tushdi

Nigeriyalik hujumchi Viktor Osimhen Germaniyaning «Bavariya» klubi e’tiborini tortdi. Bu haqda UTD Bash xabar bermoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qayd etilishicha, hozirda Turkiyaning «Galatasaray» jamoasi safida to‘p surayotgan 27 yoshli futbolchiga Yevropaning yana bir qator klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Osimhen faoliyati davomida «Volfsburg», «Lill» va «Napoli» kabi klublarda ham o‘ynagan. Nigeriya terma jamoasi bilan u Afrika kubogida bir bor kumush, ikki marta bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Terma jamoadagi 52 o‘yinda 35 ta gol urgan.

Joriy mavsumda Osimhen barcha turnirlarda 22 uchrashuvda 15 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 75 million yevroga baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Viktor Osimhen Bavariya diqqat markaziga tushdi