Manuel Noyer o'ng boldir mushagidan jarohat oldi

Myunxenning “Bavariya” klubi darvozaboni Manuel Noyer o‘ng oyog‘ining boldir mushagidan jarohat oldi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, 39 yoshli posbon yaqin kunlarda jamoa mashg‘ulotlarida qatnasha olmaydi. Noyer tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak, shu bois uning shanba kuni “Ayntraxt”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi hozircha ehtimoldan yiroq.
Bu mavsum Noyer barcha turnirlarda 28 uchrashuvda maydonga tushib, 27 ta gol o‘tkazib yubordi va 9 ta o‘yinda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
Germaniya chempionatining 23-turi doirasidagi “Bavariya” — “Ayntraxt” uchrashuvi 21 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin 19:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing