APLdagi uch klub Tomas Frankni ishga taklif qilishi mumkin

APLdagi uch klub Tomas Frankni ishga taklif qilishi mumkin

Tottenhem”ning sobiq bosh murabbiyi Tomas Frank yozda yana murabbiylik faoliyatiga qaytishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

TEAMtalk xabariga ko‘ra, 52 yoshli daniyalik mutaxassisga Angliya Premyer-ligasining darhol uch klubi qiziqish bildirmoqda. Joriy mavsum yakunidan keyin murabbiylar o‘zgarishi kutilayotgan “Kristal Pelas”, “Fulhem” va “Bornmut” Frank nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

Frankning so‘nggi ish joyi “Tottenhem” bo‘lib, u klubni 2025 yil yozidan joriy yil fevraligacha boshqargan. Avvalroq u “Brentford”, “Brondbyu” hamda Daniya yoshlar terma jamoalarida ham faoliyat yuritgan.

APLning 26 turidan keyin “Tottenhem” 29 ochko bilan turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar