date

Manuel Noyer jarohati sabab Bavariya uni uch hafta yoqotadi

Manuel Noyer jarohati sabab Bavariya uni uch hafta yoqotadi

Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyerning jarohati bo'yicha yangi tafsilotlar ma'lum bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq 39 yoshli posbon jarohat olib, «Ayntraxt»ga qarshi yaqin uchrashuvni o'tkazib yuborishi aytilgandi. Keyinroq klub matbuot xizmati bu xabarlarni tasdiqladi, ammo tiklanish muddatini ochiqlamadi.

BILD nashri yozishicha, Noyer boldir mushagidagi muammo tufayli taxminan uch hafta safdan chiqadi.

Joriy mavsumda Noyer barcha musobaqalarda 28 o'yinda maydonga tushdi, 27 ta gol o'tkazib yubordi va 9 uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Shuningdek, futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi yaqin yozda yakunlanadi.

«Bavariya»ning navbatdagi o'yini 21 fevral kuni «Ayntraxt»ga qarshi bo'lib o'tadi. Bundesliga 23-tur bahsi 19:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manuel Noyer jarohati sabab Bavariya uni uch hafta yoqotadi