Eddi Xau Gimarayes jarohati jamoa uchun katta yo‘qotish dedi

“Nyukasl” bosh murabbiyi Eddi Xau markaziy yarim himoyachi Bruno Gimarayes olgan jarohat yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Sorroq”lar sardorlaridan biri “Tottenhem”ga qarshi so‘nggi uchrashuvda son orqa payi mushagidan jarohat oldi. Klub ma’lumotiga ko‘ra, braziliyalik futbolchi taxminan ikki oy maydonga tusha olmaydi.
“Unga mo‘jizaviy dori yo‘q, deb o‘ylayman. Xalqaro tanaffusdan keyin, mart oyining oxirlarida mashg‘ulotlarga qaytadi. Bu biz uchun zarba. Mavsumning hal qiluvchi pallasi, u esa bundan juda tushkun”, — dedi Xau.
Joriy mavsumda Braziliya terma jamoasi хавбеки barcha musobaqalarda 35 o‘yinda maydonga tushib, 9 gol va 7 assist qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing