Oblak Atletiko La Liga chempionligi poygasidan chiqqanini aytdi

Madridning «Atletiko» klubi darvozaboni Yan Oblak Ispaniya chempionatida «Rayo Valyekano»dan 0:3 hisobida yengilgach, keskin fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Diego Simeone jamoasi uch kun avval Ispaniya kubogida «Barselona»ni 4:0 hisobida tor-mor etganiga qaramay, bu safar autsayderlardan biri hisoblangan raqibga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.
«Bu mavsumda La Ligani allaqachon qoʻldan chiqardik. Bugungidek uchrashuvlarni davom ettirishga haqqimiz yoʻq. Magʻlubiyatimiz toʻliq adolatli», — dedi Oblak. Uning soʻzlarini «Gazeta.Ru» ispan OAViga tayanib keltirdi.
«Matraschilar» 24 turdan soʻng 45 ochko bilan turnir jadvalida 4-oʻrinda bormoqda. Hozircha peshqadam «Real»dan ortda qolish 15 ochkoni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing