date

Nikita Haykin o'zini doimo rossiyalik deb biladi

Nikita Haykin o'zini doimo rossiyalik deb biladi

“Bude-Glimt” darvozaboni Nikita Haykin bir nechta davlat pasportiga ega bo‘lsa-da, o‘zini rus, ya’ni rossiyalik deb his qilishini aytdi. Hozir u Norvegiya fuqaroligini rasmiylashtirish ustida ishlamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Haykinning ta’kidlashicha, Norvegiya pasportini olish jarayoni kutilganidan ham murakkab kechmoqda.

“Aslida men doimo o‘zimni rus deb sezganman. ‘Qayerdansan?’ deb so‘rashsa, Rossiyadanman, deb javob beraman”, — deya Haykinning so‘zlarini keltiradi “Sport-Ekspress”.

Darvozabon Norvegiya hujjatlarini 2026 yilgi jahon chempionati uchun Norvegiya terma jamoasi qaydnomasiga kirish maqsadida emas, balki mamlakatdagi hayotni yengillashtirish uchun olishni istayotganini qo‘shimcha qildi.

U Norvegiya fuqarosi bilan turmush qurgan, rafiqasi ham aslida Rossiyada tug‘ilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nikita Haykin o'zini doimo rossiyalik deb biladi