Nikita Haykin Semin uning faoliyatini saqlab qolganini aytdi

«Bude-Glimt» darvozaboni Nikita Haykin Rossiya terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Vitaliy Kafanov hamda Moskvaning «Lokomotiv» sobiq bosh murabbiyi Yuriy Semin bilan hanuz aloqada ekanini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Haykinning so'zlariga ko'ra, Semin bir vaqtlar uni «Mordoviya»ga taklif qilib, futbolchining faoliyatini amalda saqlab qolgan.
«Vitaliy Vitalyevichga munosabatim juda yaxshi: terma jamoadagi hamkorligimizdan keyin ham doimiy aloqadamiz. Semin bilan ham shunday — u meni “Mordoviya” yoshlar jamoasiga olib kelgandi va bu ko'p jihatdan faoliyatimni saqlab qoldi», — deya Haykinning fikrlarini «Sport-Ekspress» keltirdi.
Darvozabon Rossiyadagi davrini ham alohida eslab, aynan o'sha yillar uning keyingi yutuqlariga katta ta'sir qilganini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, «Bude-Glimt» kutilmaganda Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga yo'l oldi va bu bosqichda Milaning «Inter» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!