date

Mostovoy Rossiya termasining bo‘lajak raqiblari haqida fikr bildirdi

Mostovoy Rossiya termasining bo‘lajak raqiblari haqida fikr bildirdi

Rossiya futboli sobiq yulduzi Aleksandr Mostovoy bahorgi yig‘in doirasida terma jamoa Afrika va Lotin Amerikasidan, FIFA reytingida kuchli 100 talikka kiradigan jamoalarga qarshi uy uchrashuvlari o‘tkazishi mumkinligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mostovoy bunday o‘yinlarni ijobiy qabul qilishini aytdi. Uning ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda Rossiya termasiga tushayotgan raqiblar darajasi ancha yaxshilangan.

“Oxirgi paytlar nisbatan kuchliroq jamoalar bilan ham o‘ynayapmiz. Peru va Chili bilan uchrashuvlar bo‘ldi. Hozir ko‘plab terma jamoalar jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgani uchun ular bilan o‘ynash qiyin bo‘lsa kerak. Ammo biz to‘rt yildan beri kimligi noma’lum raqiblarga qarshi maydonga tushyapmiz, shuning uchun bu ham muammo emas”, — deya Mostovoyning so‘zlarini Metaratings keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Rossiya terma jamoasi avval Peru bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan, keyin esa Chiliga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Bahslar mos ravishda Sankt-Peterburg va Sochida bo‘lib o‘tgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mostovoy Rossiya termasining bo‘lajak raqiblari haqida fikr bildirdi