date

Heytinga 33 kundan so'ng Tottenhemni tark etdi

Heytinga 33 kundan so'ng Tottenhemni tark etdi

Yanvar o'rtalarida "Tottenhem" Jon Heytingani murabbiylar shtabiga qo'shilganini e'lon qilgandi. Oradan ko'p o'tmay londonliklar APLdagi omadsiz natijalar fonida bosh murabbiy Tomas Frank bilan xayrlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bir necha kundan keyin "shporlar" jamoasini Igor Tudor qabul qilib oldi. Xorvatiyalik mutaxassis mavsum oxirigacha mo'ljallangan qisqa muddatli shartnoma imzoladi.

The Athletic xabariga ko'ra, Tudor tayinlanganidan so'ng Jon Heytinga klubni tark etdi. Niderlandiyalik murabbiy "Tottenhem" shtabida atigi 33 kun ishladi.

Hozir "Tottenhem" Angliya chempionati turnir jadvalida 16-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 22-fevral kuni "Arsenal"ga qarshi derbida o'tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Heytinga 33 kundan so'ng Tottenhemni tark etdi