APLda seyv foizi bo‘yicha eng zo‘r darvozabon Aston Villada

Birmingemning «Aston Villa» klubi posboni Emiliano Martines Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida seyvlar foizi bo‘yicha statistik jihatdan yetakchi darvozabon bo‘lib turibdi. Football Insider xabariga ko‘ra, amaldagi jahon chempioni APL golkiperlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich — 77 foiz seyvga ega. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Martines bu mavsum klub safida jami 28 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi, shundan 22 tasi Premyer-ligaga to‘g‘ri keladi. Aynan APLdagi o‘sha 22 o‘yinda u atigi 19 ta gol o‘tkazib yuborgan.
«Aston Villa» esa chempionatning yuqori pog‘onalarida barqaror yurishda davom etyapti: birmingemliklar 50 ochko bilan turnir jadvalida sof uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing