date

Arsenal ispaniyalik yulduz uchun 100 mln yevro toʻlashga tayyor

Arsenal ispaniyalik yulduz uchun 100 mln yevro toʻlashga tayyor

Ispaniya terma jamoasi hamda "Atletik" (Bilbao) vingeri Niko Uilyams APL yetakchilaridan biri — Londonning "Arsenal" klubi diqqat markaziga tushdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Teamtalk xabariga ko‘ra, "kanonirlar" futbolchini qo‘lga kiritish bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshlab yuborgan va basklar jamoasiga rasmiy taklif tayyorlamoqda. "Atletik" esa o‘z yetakchisi uchun taxminan 100 million yevro talab qilmoqda va bu summa "Arsenal"ni cho‘chitmayapti.

Uilyamsning o‘zi ham klubini almashtirishga qarshi emas. Avvalroq Nikoga "Tottenhem" va "Liverpul" ham qiziqish bildirgandi.

Joriy mavsumda u 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arsenal ispaniyalik yulduz uchun 100 mln yevro toʻlashga tayyor