Frattezi va Chalxanoglu Interga Budyo-Glimtga qarshi yordam bera olmaydi

Frattezi va Chalxanoglu Interga Budyo-Glimtga qarshi yordam bera olmaydi

Inter” safida yarim himoyachi Davide Frattezi Norvegiyaning “Budyo-Glimt” klubiga qarshi safardagi Chempionlar ligasi uchrashuvi oldidan jarohatlar roʻyxatiga qoʻshildi. Bu haqda Sky Sport Italia xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga koʻra, Frattezining tana harorati koʻtarilgan. Shuningdek, yarim himoyachi Hakan Chalxanoglu ham maydonga tushmaydi: u bir oylik tanaffusdan keyin endigina safga qaytgan edi, biroq turkiyalik futbolchida mushaklar charchogʻi aniqlangan. Har ikkala oʻyinchi Italiyada qoladi.

“Inter” – “Budyo-Glimt” bahsi 18-fevral kuni boʻlib oʻtadi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Kristian Kivu boshchiligidagi jamoa musobaqaning umumiy bosqichini 10-oʻrinda yakunlagan, raqib esa 23-pogʻonadan joy olgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar