date

Bavariya Keyn shartnomasidagi muhim bandni ma'lum qildi

Bavariya Keyn shartnomasidagi muhim bandni ma'lum qildi

"Bavariya" rahbariyat a'zosi Uli Hoeness hujumchi Garri Keynning kelajagi borasida fikr bildirdi. Uning aytishicha, ingliz futbolchisi shartnomasiga kiritilgan va kelasi yozda kuchga kirishi kerak bo'lgan sotib olish opsiyasini faollashtirish muddati allaqachon tugagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Aniqlik kiritmoqchiman. Garri biz uchun haqiqiy omad. 2026 yil yoziga mo'ljallangan tovon puli bandi endi amal qilmaydi, shartnomasi esa 2027 yil yozigacha davom etadi. Shu sabab hozir biz bosim ostida emasmiz", — dedi Hoeness Bild nashriga.

2025/2026 yilgi mavsumda Garri Keyn 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 41 ta gol va 5 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

"Bavariya"ning navbatdagi o'yini 21 fevral kuni Toshkent vaqti bilan uyda "Ayntraxt"ga qarshi bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Keyn shartnomasidagi muhim bandni ma'lum qildi