
Angliya kubogining chorak final uchrashuvlari boshlandi. "Midlsbro" jamoasi o‘z maydonida "Manchester Siti" klubini qabul qildi va ushbu o‘yinda "shaharliklar" ishonchli g‘alabaga erishdi. Gvardiola ushbu natijadan keyin yarim finaldagi raqibini kutadi. Gollarni Silva va Aguero kiritdi.
Angliya kubogi, chorak final
11 mart. Midlsbro. "Riversayd" stadioni.
Midlsbro - Manchester Siti0:2 (0:1)
Gollar: Silva, 3 (0:1); Aguero, 67 (0:2).
«Midlsbro»: Gyuzan, Barragan, Espinosa (Fray 51), Gibson, Fabio, Kleyton, Lidbitter (Ramires 66), De Ron, Stuani, Traore, Jestede (Negredo 26).
«Manchester Siti»: Bravo, Klishi, Otamendi, Stounz, Sabaleta, Ture (Fernando 86), Sane (Nolito 70), Silva, De Bryuyne, Sterling, Aguero (Ixeanacho 90+1).
Ogohlantirishlar: Barragan 17, Lidbitter 45, Traore 45+2, De Ron 83 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar