Xabi Alonso Marsel taklifini rad etishga qaror qildi

Xabi Alonso yanvar oyida “Real”dagi ishidan bo‘shatilganidan so‘ng hozircha klubsiz qolmoqda. The Touchline nashri jurnalist Fabris Xokinsga tayanib xabar berishicha, yaqinda ispaniyalik mutaxassis bilan “Marsel” aloqaga chiqqan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Provans klubi Alonsoga bosh murabbiy lavozimini taklif qilgan, biroq Xabi bu variantni ma’qul ko‘rmadi. Manbaga ko‘ra, u klub ichidagi beqaror vaziyat sababli taklifni rad etgan.
Eslatib o‘tamiz, “Marsel” yaqinda “PSJ”dan 0:5 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchragach, Roberto de Dzzerbi bilan xayrlashgandi.
Ayni paytda “Marsel” Fransiya chempionati turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. Provansliklar navbatdagi uchrashuvini 20-fevral kuni safarda “Brest”ga qarshi Liga 1 doirasida o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!