Knutsen Interga qarshi o'yinda halol kurash kutmoqda

Norvegiyaning "Bude-Glimt" klubi bosh murabbiyi Kxyetil Knutsen Chempionlar ligasi pley-offi doirasida Milanning "Inter" jamoasiga qarshi bo'ladigan ilk uchrashuv oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis halol va "toza" futbol bo'lishiga umid bildirdi. U bu gaplari bilan "Inter" himoyachisi Alessandro Bastoni "Yuventus"ga qarshi o'yinda ko'p muhokama qilingan epizoddagi harakatlariga ishora qilgandek bo'ldi.
"Chin dildan, maydonda sof va adolatli o'yinni ko'rishni istayman. Hozirgi futbolda ba'zan iflos taktika natija berayotgandek, ammo futbol boshqacha bo'lishi kerak. Biz bu uchrashuvga juda puxta tayyorlandik. 'Inter' — katta tajribaga ega jamoa, ular bizga bor imkoniyatini ko'rsatadi. Biz esa o'yinni nazorat qilishga va harakatlarimizda imkon qadar erkin bo'lishga e'tibor qaratamiz", — deya Knutsenning so'zlarini CalcioMercato keltirdi.
Uchrashuv 18-fevral kuni bo'lib o'tadi va start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!