Real mudofaa markazi uchun asosiy transfer nishonini belgiladi

Madridning "Real" klubi yozgi yangilanish jarayonida himoya chizigini kuchaytirishni asosiy vazifalardan biri sifatida ko'rmoqda. Diario Sport xabariga ko'ra, markaziy himoyachi pozitsiyasi uchun "qirollik" jamoasining ustuvor nomzodi "Liverpul" futbolchisi Ibraima Konate bo'ldi. Agar fransuz futbolchi "qizillar" bilan shartnomasini uzaytirmasa, iyun oxirida bitimi yakunlangach, u erkin agent maqomida bozorga chiqadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Konate o'tgan yili ham "Real"ning eng jiddiy da'vogarlari qatorida tilga olingandi, biroq keyinchalik qiziqish pasaygandi. So'nggi haftalarda esa 26 yoshli futbolchining Madridga ko'chib o'tishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlar yana kuchaydi. Transfermarkt portali markaziy himoyachining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!