date

Luis Dias Bavariyaga nega ko'chib o'tganini tushuntirdi

Luis Dias Bavariyaga nega ko'chib o'tganini tushuntirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi vingeri Luis Dias jamoaga o'tish qarorini qanday qabul qilgani haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchining aytishicha, «Bavariya» ilk bor murojaat qilgan zahoti u aynan shu klubga o'tishni xohlagan. Dias bu taklifni faxr bilan qabul qilganini, jamoa tarixini yaxshi bilishi va undan nimalarni kutish mumkinligini oldindan tasavvur qilgani bois qarorini to'g'ri deb hisoblashini ta'kidladi. U yangi muhitda bor kuchini berish, o'zini qulay his qilish va eng muhimi, futbolchi hamda uning oilasi uchun baxt muhim ekanini qayd etdi.

Dias Myunxenda kuchli futbolchilar jam bo'lgan tarkib, zamonaviy infratuzilma va yuqori saviyadagi murabbiylar shtabi borligini bilganini, shu sababli o'ziga ishonchi baland bo'lganini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, eng katta sinov oila bilan til to'sig'i bo'lib qolmoqda, biroq u jamoaga tez moslashib, «Liverpul»dagi kabi natijaga hissa qo'shishiga ishonadi. «Bavariya» bildirgan ishonchni u maydonda oqlashga harakat qilayotganini ham qo'shimcha qildi. Sky Sports Diasning fikrlarini keltirdi.

Eslatib o'tamiz, Luis Dias 2025 yilda «Liverpul»dan «Bavariya»ga 70 million yevro evaziga ko'chib o'tgan. Joriy mavsumda u Myunxen klubi safida 32 o'yinda maydonga tushib, 19 gol urdi va 15 ta golli uzatma berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Dias Bavariyaga nega ko'chib o'tganini tushuntirdi