Palladino Atalantaning Dortmunddagi maglubiyatiga izoh berdi

Italiyaning «Atalanta» jamoasi Dortmunddagi «Iduna Park»da «Borussiya» qarshisida qiyin sinovdan o‘ta olmadi va raqibiga javobsiz ikki gol o‘tkazib yubordi. Uchrashuvdan so‘ng bergamoliklar bosh murabbiyi Raffaele Palladino o‘yin tafsilotlariga to‘xtaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Palladinoning ta’kidlashicha, birinchi bo‘lim oxirida o‘tkazib yuborilgan gol epizodida jamoa aniqroq va texnik jihatdan yaxshiroq harakat qilishi mumkin edi. Ikkinchi taymda «Atalanta» o‘yin ritmini o‘zgartirishga urindi, biroq «Borussiya» yana bir imkoniyatdan sovuqqonlik bilan foydalanib, ustunlikni mustahkamladi.
Shunga qaramay, murabbiy javob uchrashuvida vaziyatni o‘nglash mumkinligiga ishonch bildirdi. Eslatib o‘tamiz, ikkinchi o‘yin Berqamoda bir haftadan keyin bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!