Mendilibar Bayerga qarshi o'yin oldidan maqsadni aytdi

Pireyning «Olimpiakos» jamoasi bosh murabbiyi Xese Luis Mendilibar Chempionlar Ligasi pley-off bosqichidagi «Bayer»ga qarshi ilk stikov uchrashuvi arafasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, jamoa umumiy bosqichda ishonchli o'yin ko'rsatib, ko'plab kuchli raqiblarni ortda qoldirgan va kutilganidan ham yaxshiroq natija qayd etgan. «Endi biz faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Bu biz uchun yangi sinov. Eng muhimi, vaziyatlarimizdan samarali foydalanishimiz kerak», — deya uning so'zlarini UEFA matbuot xizmati keltirdi.
«Olimpiakos» — «Bayer» uchrashuvi bugun, 18 fevral kuni Gretsiyadagi stadionda bo'lib o'tadi. Start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing