Fransiyada PSJga qarshi o'yindan keyin Monakoning imkonlari baholandi

Lequipe jurnalisti Joze Barroso Chempionlar ligasi pley-off bosqichida PSJ va «Monako» o'rtasidagi ilk uchrashuv haqida fikr bildirdi. Parij klubi safarda 3:2 hisobida irodali g'alabaga erishdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Barrosoning ta'kidlashicha, bu natija hali hech narsani hal qilmaydi: «Monako» birinchi taymda yaxshi o'ynadi va PSJga muammo tug'dira olishini ko'rsatdi. Javob o'yinida monakoliklar bitta gol urishsa, hammasi o'zgarib ketishi mumkin», — deya uning so'zlarini «RB Sport» keltiradi.
PSJ — «Monako» o'rtasidagi javob bahsi kelasi hafta Parijda bo'lib o'tadi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start olishi rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing