date

Sobiq skaut Zakaryan transferi avvaliga omadli ko‘ringanini aytdi

Sobiq skaut Zakaryan transferi avvaliga omadli ko‘ringanini aytdi

Ispaniyaning “Real Sosedad” klubida ishlagan sobiq skaut Sasha Estaves yarim himoyachi Arsen Zakaryanning San-Sebastyan jamoasidagi o‘yinlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Estavesning aytishicha, futbolchi ilk kelgan paytda transfer ijobiy baholangan: ko‘rsatkichlari ham yomon bo‘lmagan. Biroq hozir Zakaryanning maydondagi harakatlari kutilgan darajaga chiqmayapti va bunga turli omillar ta’sir qilishi mumkin.

Sobiq skaut Zakaryandagi pasayish moslashuv jarayoni, o‘yin amaliyotining kamligi hamda jarohatlar bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimolini ham alohida ta’kidladi.

Joriy mavsumda rossiyalik yarim himoyachi 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol muallifi bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Sobiq skaut Zakaryan transferi avvaliga omadli ko‘ringanini aytdi