Bavariya Kim Min Je bilan xayrlashishga tayyor

Myunxenning «Bavariya» klubida to'p surayotgan markaziy himoyachi Kim Min Je jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq futbolchiga Angliya Premyer-ligasining ikki klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
SPORT BILD ma'lumotiga ko'ra, «Bavariya» sport direktori Maks Eberl o'tgan yozdayoq Kim Min Je atrofidagilarga: agar yaxshi taklif tushsa, klub futbolchi bilan xayrlashishga tayyorligini bildirgan. Manbaning ta'kidlashicha, myunxenliklarning bu boradagi pozitsiyasi o'zgarmagan. Shunga qaramay, futbolchining o'zi Myunxenda o'zini juda qulay his qilmoqda va hozirgi rolini qabul qilgan.
Joriy mavsumda 29 yoshli janubiy koreyalik himoyachi barcha musobaqalarda 23 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!