date

Kris Kavana APL o'yinlarini boshqarishdan chetlatildi

Kris Kavana APL o'yinlarini boshqarishdan chetlatildi

Angliyalik hakam Kris Kavana yaqin hafta oxirida Angliya Premyer-ligasidagi uchrashuvlarni boshqarmaydigan bo'ldi. Bunga uning Angliya Kubogida «Aston Villa» — «Nyukasl» o'yinidagi bahsli va sifatsiz ishlashi sabab sifatida ko'rsatilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv davomida Kavana bir nechta jiddiy xatoga yo'l qo'ygani aytiladi: ofsayddan urilgan «Aston Villa» golini hisobga oldi, Lyuk Dinni maydondan chetlatmadi, shuningdek, «Nyukasl» foydasiga penalti belgilamadi.

Qayd etilishicha, bu epizodlar VAR tizimi yo'qligi fonida yuz berdi. Videoassistent hakamlar tizimi Angliya Kubogining keyingi — beshinchi raundidan boshlab qo'llanadi. Shunga qaramay, Kavana bunday yordamchisiz ham qarorlarni aniq chiqarish masalasida xulosalar qilishi kerak.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kris Kavana APL o'yinlarini boshqarishdan chetlatildi