Naumov Golovinning qizil kartasiga izoh berdi

“Lokomotiv”ning sobiq prezidenti Nikolay Naumov “Monako” yarim himoyachisi Aleksandr Golovinning “PSJ”ga qarshi o‘yinda maydondan chetlatilishi yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi bahsida rossiyalik futbolchi ikkinchi bo‘lim boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. Bundan avval u “Nant”ga qarshi uchrashuvda ham chetlatilgandi.
Naumovning ta’kidlashicha, Golovinning maydondagi roli va o‘yin uslubi ko‘pincha shunday vaziyatlarga olib keladi. U bu holatda fojia ko‘rmasligini aytib, futbolchi juda ko‘p “qora ish” bajarishini qo‘shimcha qildi.
29 yoshli yarim himoyachi 2018 yildan beri “Monako” safida o‘ynaydi — u klubga CSKA’dan kelib qo‘shilgandi. Golovin jamoa libosida jami 258 ta o‘yinda maydonga tushib, 36 ta gol urdi va 45 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!