Gazzaev RFU raqiblar darajasi uchun hammasini qilmoqda dedi

CSKA sobiq bosh murabbiyi va Rossiya terma jamoasi bilan ham ishlagan Valeriy Gazzaev terma jamoaning Mali bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Mazkur bahs joriy yil mart oyida bo‘lib o‘tishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gazzaevning ta’kidlashicha, Rossiya futbol ittifoqi raqiblar munosib darajada bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. U Mali terma jamoasining reytingi yuqori ekani, tarkibida sifatli futbolchilar borligini qayd etib, hozirgi cheklovlar sharoitida bu jamoa jiddiy raqib bo‘lishini aytdi.
Mali FIFA reytingida 54-o‘rinda turibdi. Mali terma jamoasi murabbiyi Tom Sainfit esa yaqindagi intervyusida uchrashuv masalasi bo‘yicha muzokaralar bo‘lganini tasdiqlagan, biroq o‘yin o‘tkazilishiga hali to‘liq ishonchi yo‘qligini bildirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!