Smorodskaya Mali bilan o'yinni keraksiz deb baholadi

“Lokomotiv”ning sobiq prezidenti Olga Smorodskaya Rossiya terma jamoasining mart oyidagi ehtimoliy o‘yinlari haqida fikr bildirdi. Avvalroq OAVda Valeriy Karpin jamoasi o‘z stadionlarida Mali va Gvatemalaga qarshi bahs o‘tkazishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Smorodskayaning aytishicha, Gvatemala uchrashuvdan bosh tortgan, shuning uchun Rossiya futbol ittifoqi raqib izlashni davom ettiradi. “Mali esa jiddiy raqib emas, juda sust terma. Bunday o‘yin o‘rniga o‘z klublari bilan o‘ynagan ma’qul”, — deya uning so‘zlarini Metaratings keltiradi.
Rossiya futbol ittifoqi hozircha mart oyiga mo‘ljallangan terma jamoa o‘yinlarini rasman tasdiqlamadi. Shu bilan birga, milliy jamoa yig‘iniga ham ko‘p vaqt qolmadi — besh haftadan ham kam.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!