date

Argentina Lamin Yamalga qarshi maxsus reja tayyorlamoqda

Argentina Lamin Yamalga qarshi maxsus reja tayyorlamoqda

Mart oyining oxirida Ispaniya va Argentina Finallisima doirasida kubok uchun bahs olib boradi. Uchrashuvda amaldagi Yevropa chempioni hamda Amerika Kubogi sohibi to‘qnash keladi, o‘yinga hali bir oydan ko‘proq vaqt bo‘lsa-da, murabbiylar tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline DSports Radio ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, argentinaliklar Ispaniya qanot hujumchisi Lamin Yamalni qanday to‘xtatish ustida bosh qotirmoqda. Rejaga ko‘ra, Yamaldan asosan shaxsiy nazoratda kuchli bo‘lgan himoyachi Nikolas Talyaifiko javobgar bo‘ladi.

Bundan tashqari, Lionel Skaloni jismonan baquvvat yarim himoya chizig‘ini shakllantirishni rejalashtirmoqda: unda bir futbolchi butun e’tiborini Yamalni zararsizlantirishga qaratishi mumkin. Argentina shtabi Yamalgа maydonda doim ikki raqib bosimi ostida qoladigan vaziyatlarni yaratmoqchi.

Ispaniya va Argentina 27 mart kuni o‘ynaydi.

Shuningdek, Messi 2026 yilgi jahon chempionatiga bormasligi mumkinligi haqida ham gap-so‘zlar bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentina Lamin Yamalga qarshi maxsus reja tayyorlamoqda