date

Brugge ustozi Leko Atletikoga qarshi faqat g‘alaba istaydi

Brugge ustozi Leko Atletikoga qarshi faqat g‘alaba istaydi

BELGIYAning «Brugge» jamoasi bosh murabbiyi Ivan Leko YCHL pley-offidagi ilk uchrashuv oldidan fikr bildirdi. Uning shogirdlari 18 fevral kuni Madridning «Atletiko» klubiga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Leko raqibni hurmat qilishlarini, «Atletiko» futbolchilarining darajasi va kuchli tomonlari yaxshi o‘rganilganini ta’kidladi. Shu bilan birga, jamoa madridliklarning zaif nuqtalarini ham bilishini aytib, barcha jihatlarda yuqori mahorat ko‘rsatish zarurligini urg‘uladi.

Mutaxassis maydonning har bir qismida jasorat bilan o‘ynash kerakligini qayd etdi, ammo taktik joylashuvda keskin o‘zgarishlar bo‘lmasligini bildirdi. «Durang uchun o‘ynaymizmi?» degan savolga esa u qat’iy javob berdi: maqsad faqat g‘alaba.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi. Umumiy bosqich yakunida «Brugge» turnir jadvalida 19-o‘rinni egallagan bo‘lsa, La Liga vakili «Atletiko» 14-pog‘onadan joy olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Brugge ustozi Leko Atletikoga qarshi faqat g‘alaba istaydi