PSJ Morgan Rodjersga ham qiziqish bildirmoqda

So'nggi haftalarda OAV "Aston Villa"ning hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rodjersni bir qator nufuzli klublar bilan bog'lamoqda. Transfer News Live TEAMtalk manbasiga tayanib xabar berishicha, da'vogarlar orasida PSJ ham bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qayd etilishicha, fransuz Liga 1 grandi 23 yoshli futbolchini mavsum davomida muntazam kuzatib bormoqda.
Rodjersning "Aston Villa" bilan amaldagi shartnomasi uzoq muddatli bo'lib, 2031 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. Shu sabab ehtimoliy transfer klublar uchun qimmatga tushishi kutilmoqda.
Transfermarkt portali Morgan Rodjersning bozor qiymatini 70 million yevroga baholagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing