Golovin Chempionlar ligasi pley-offida qizil oldi

Seshanba oqshom Chempionlar ligasi pley-offida fransuz Liga 1 vakillari — «Monako» va «PSJ» o'zaro to'qnash keldi. Uchrashuvda monakoliklar 2:0 hisobida oldinga chiqib olganiga qaramay, yakunda uy maydonida 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi. «Qizil-oq»lar yarim himoyachisi Aleksandr Golovin ikkinchi taym boshida qo'pol fol uchun maydondan chetlatildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Golovin Chempionlar ligasi pley-offida qizil kartochka olgan rossiyalik futbolchilar orasida atigi ikkinchisi bo'ldi. Bungacha bunday holat faqat Dmitriy Loskov bilan yuz bergan — u 2003/2004 yilgi mavsumda qizil kartochka ko'rgan va qiziq tomoni, o'shanda ham raqib «Monako» bo'lgan.
«PSJ» va «Monako» o'rtasidagi javob uchrashuvi 25 fevral, chorshanba kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!