Kompani Bavariyaga kimni olib kelishni xohlashini aytdi

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Myunxen klubiga qaysi futbolchini olib kelishni istashi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Matbuot anjumanida Kompani avvalo jamoada bor futbolchilar bilan samarali ishlashni o'z vazifasi deb bilishini ta'kidladi. Uning aytishicha, transfer masalalarida yangi o'yinchilarni jalb qilishga mas'ul boshqa mutaxassislar ham bor.
Murabbiy hozirgi tarkibni yuqori baholab, Garri Keyn, Maykl Olise, Luis Dias, Jamal Musiala va boshqa futbolchilar bilan ishlashni xohlashini qayd etdi. «Yozda nima bo'lishini ko'ramiz», — dedi Kompani.
Eslatib o'tamiz, Vensan Kompani «Bavariya»ni 2024 yil yozida boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida myunxenliklar Bundesligani hamda Germaniya Superkubogini qo'lga kiritdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!