Arsenal ikki gol ustunlikni boy berib safarda durang o'ynadi

Londonning «Arsenal»i APLda «Vulverhempton» mehmoni bo'lib, uchrashuv davomida ikki to'p farqi bilan oldinga chiqib oldi. Biroq mezbonlar javob qaytarib, londonliklar yakunda ochko yo'qotdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qayd etish joiz, «Arsenal» 2023 yil aprelidan beri ilk bor APLda safarda ikki gol ustunlik bilan ketayotgan o'yinda g'alaba qozona olmadi. O'shanda «Vest Hem Yunayted»ga qarshi bahs ham 2:2 hisobida yakunlangandi.
Shunga qaramay, «Arsenal» APL turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab turibdi. Ammo yo'qotilgan ochkolar bo'yicha «Manchester Siti» bilan oradagi farq endi atigi ikki ochkogacha qisqardi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing