Kompani Gvardioladan o'rgangan eng muhim jihatini aytdi

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Xosep Gvardiola bilan birga ishlagan paytida nimalarni o'zlashtirganini so'zlab berdi. Belgiyalik mutaxassis avvalroq "Manchester Siti"da ispaniyalik murabbiy qo'l ostida to'p surgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kompani ta'kidlashicha, asosiy saboq taktikalardan ko'ra mentalitetga borib taqaladi: doimo g'alaba uchun yashash, har bir uchrashuvni eng muhim o'yin sifatida qabul qilish va kuchli raqib bilan bahs ham, quyi liga jamoasiga qarshi o'yin ham o'rtasida farq qilmaslik. Uning fikricha, shunday yondashuv jamoaga har doim bir maromda yuqori sur'atni ushlab turishga yordam beradi.
Vensan Kompani "Manchester Siti" safida 2008 yildan 2019 yilgacha o'ynagan. Xosep Gvardiola esa "shaharliklar"ni 2016 yildan buyon boshqarib keladi. Kompani "Bavariya"dagi ishini 2024 yil yozida boshlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!