Eddi Xau Qarabag' ustidan 6:1 hisobidagi g'alabani baholadi

«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau YChL pley-off bosqichidagi ilk styk uchrashuvida ozarbayjonning «Qarabag'» jamoasi ustidan qo'lga kiritilgan yirik g'alaba haqida fikr bildirdi. «Sorokilar» raqibini 6:1 hisobida taslim etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Xau jamoasining o'yinidan mamnunligini yashirmadi: tezkor gol uchrashuv taqdiriga sezilarli ta'sir qilganini ta'kidladi. Mutaxassisga ko'ra, bu «Nyukasl»ning so'nggi paytlardagi eng yaxshi o'yinlaridan biri bo'ldi va u maydonga tushgan har bir futbolchining harakatini yuqori baholadi.
Javob uchrashuvi «tumanli Albion»da — Angliyada bo'lib o'tadi. Ushbu qarama-qarshilik g'olibi Chempionlar ligasining 1/8 finaliga yo'llanma oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing