Luis Dias Bavariyaning trebl orzusiga munosabat bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Luis Dias joriy mavsumda uchta sovrinni bir yo'la qo'lga kiritish ehtimoli haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kolumbiyalik futbolchi jamoa oldida katta maqsadlar turganini ta'kidladi: «Nima xavf ostida ekanini va nimani xohlayotganimizni yaxshi tushunamiz. Maqsadimiz — barcha turnirlarda imkon qadar uzoqqa borish va oxirigacha bor kuchimizni berish. Biz har bir titul uchun kurashmoqchimiz. Jamoamiz juda zo'r: bir-biriga jips, kamtar va mehnatkash oila. Mavsum oxirida o'zimizdan faxrlanib, baxtli bo'lamiz», — dedi Dias jurnalist Kerri Xau bilan suhbatda.
Bundesliganing 22-turidan keyin «Bavariya» 57 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Vensan Kompani boshqaruvidagi jamoa Germaniya Kubogida yarim finalgacha yetib kelgan, Chempionlar ligasida esa bevosita 1/8 final yo'llanmasini qo'lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!