Flik Barselona uchun yangi himoyachi tanladi Real zarar ko‘rishi mumkin

“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoasining himoyadagi harakatlaridan qoniqmayapti. Nemis mutaxassisi mudofaa chizig‘ini qayta qurish zarur, deb hisoblaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko‘ra, Flik transfer bozorida “Borussiya” himoyachisi Niko Shlotterbek uchun kurash olib borishni qat’iy talab qilmoqchi. “Ko‘k-anorranglilar” ustozi bu pozitsiyasini sport direktori Dekkuga yetkazadi.
Ushbu vaziyatdan “Real” ham jabr ko‘rishi ehtimol: so‘nggi paytlarda madridlik grand klub Shlotterbek bilan faol bog‘lanayotgani haqida ko‘p yozilmoqda.
Transfermarkt mutaxassislari 26 yoshli Niko Shlotterbekni 55 million yevroga baholamoqda.





























Izohlar 0
…