Yevropa Ligasi pley-offida Fenerbahche va Nottingham uchrashuvi kutilmoqda

Yevropa Ligasi pley-off bosqichi doirasidagi ilk o‘tish o‘yinida Istanbulning «Fenerbahche» jamoasi «Nottingham Forest»ni qabul qiladi. Mazkur to‘qnashuv haqida futbol sharhlovchisi Aleksandr Yelagin o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yelaginnning ta’kidlashicha, «Nottingham Forest» APLda quyi pog‘onalar atrofida yurayotgan bo‘lsa-da, Yevropa Ligasi bahslarida munosib natijalar ko‘rsatmoqda. Sharhlovchi bu juftlikda yaqqol favorit yo‘qligini aytib, gollarga bog‘liq variantni ma’qul ko‘rdi: uning prognoziga ko‘ra, o‘yinda 2–3 ta gol bo‘lishi mumkin.
«Fenerbahche» — «Nottingham Forest» uchrashuvi bugun, 19-fevral kuni Istanbuldagi stadionda bo‘lib o‘tadi. O‘yin 22:45 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing