Flik de Yongdan katta o'yinlarda keskinlikni oshirishni so'radi

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yarim himoyachi Frenki de Yongning o'yinidan mamnun. Nemis mutaxassisi niderland futbolchisini jamoa markazidagi asosiy figuraga teng ko'radi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, Flik de Yongdan ayniqsa muhim uchrashuvlarda yanada yuqori intensivlik ko'rsatishni so'ragan. Murabbiy fikricha, u vaziyatlarda ko'proq tavakkal qilib, hujumlarni keskinlashtirishga qodir. Bu haqda The Touchline nashri xabar berdi.
Joriy mavsumda de Yong barcha musobaqalarda 30 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 7 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
«Barselona» chempionat turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va «Real»dan 2 ochko ortda. Kataloniyaliklar navbatdagi bahsini 22-fevral kuni «Levante»ga qarshi o'tkazadi.
Avvalroq Ispaniyada «Barselona» yarim himoyachisi de Yongning o'yini tanqid qilingani ham qayd etilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!