Iturralde Valverde epizodini qizil kartochka deb baholadi

FIFA toifasidagi sobiq hakam Iturralde Gonsales «Benfika»ning UEFAga hakamlik bo'yicha e'tirozi yuzasidan fikr bildirdi. Chempionlar ligasi pley-offidagi Madridning «Real»iga qarshi o'yinda 82-daqiqada Federiko Valverde Samuyel Dalga zarba bergan vaziyatda hakam futbolchini maydondan chetlatmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Iturraldega ko'ra, bu epizodda qaror qat'iy bo'lishi kerak edi. «Bu qizil kartochka. U hech qanday sababsiz zarba berdi. Raqibga to'liq tekmagan bo'lsa ham, Valverdeni maydondan haydash lozim edi», — deya sobiq arbitrning so'zlarini AS nashri keltirdi.
«Benfika» — «Real» uchrashuvi Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida o'tdi. Madrid jamoasi Vinisius Juniorning goli evaziga 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Javob bahsi 24 fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!