Lineker Mourinyuning Vinisius haqidagi gaplarini keskin tanqid qildi

Angliya futboli afsonalaridan biri Gari Lineker «Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyuning yaqinda bergan intervyusidagi fikrlariga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik mutaxassis Chempionlar ligasi uchrashuvida «Real» hujumchisi Vinisius Juniorning gol nishonlash uslubidan norozi bo‘lgani va buni jurnalistlar bilan suhbatda ochiq aytgani qayd etildi. O‘sha vaziyatda Vinisiusning so‘zlariga ko‘ra, u «Benfika» futbolchisi Jankuka Prestiani tomonidan irqchilik mazmunidagi haqoratga uchragan.
Linekerning aytishicha, o‘yin ortidan yuzaga kelgan muhit juda og‘ir bo‘lgan. U Mourinyuni Vinisiusning golni nishonlaganini ayblash orqali go‘yoki futbolchi haqoratga o‘zi sababchi bo‘lgandek taassurot qoldirganlikda tanqid qildi. «Futbolchilar gol uradi va uni nishonlaydi. Ular aynan shu paytda qanday nishonlasam irqchilik qurboniga aylanmayman deb o‘ylashi kerakmi? Albatta, yo‘q. Bunday holatda aybni Vinisiusga ag‘darish noto‘g‘ri va bema’nilik», — deya Linekerning so‘zlarini Madrid Zone keltirdi.
Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Vinisius bo‘lib qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!