Keylor Navas Zidan faoliyatimni butunlay o'zgartirdi dedi

Madridning «Real»i va «PSJ»ning sobiq darvozaboni Keylor Navas Zinedin Zidan bilan ishlagan davrlarini eslab, murabbiy uning futbolchilik yo'liga katta ta'sir ko'rsatganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kosta-rikalik posbon 2014–2019 yillarda «qirollik klubi» safida to'p surgan va aynan shu yillarda fransuz mutaxassis bilan bir jamoada ishlagan.
Navasning ta'kidlashicha, Zidan futbolchilarga ishonch bera oladigan noyob murabbiylardan: u nafaqat hamma e'tirof etadigan obro'si, balki har bir o'yinchiga individual yondashuvi bilan ham ajralib turadi. Shuningdek, Zinedin raqiblarni sinchiklab tahlil qilib, taktik jihatdan aniq yechimlar taklif qilgan va jamoaga g'alaba uchun zarur “asboblar”ni bergan. Madrid Universal iqtibos keltiradi. Hozirda Navas Meksikaning «Pumas» klubida o'ynamoqda.
Eslatib o'tamiz, Zinedin Zidan 2021 yilda «Real»ni tark etganidan buyon murabbiylik qilmayapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!