date

Vensan Kompani yoshligidagi ideal futbolchisini aytdi

Vensan Kompani yoshligidagi ideal futbolchisini aytdi

Myunxenning «Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Vensan Kompani yoshlik paytlarida o‘ziga eng katta ilhom bergan futbolchi kim bo‘lganini ochiqladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Belgiyalik mutaxassisning aytishicha, uning kumiri «Milan» va Fransiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Marsel Desayi bo‘lgan. «U juda kuchli himoyachi edi, Fransiya bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgan va meni juda ruhlantirgan», — deya Kompanining so‘zlarini A Bola keltiradi.

Shuningdek, Kompani faoliyati davomida o‘ynash eng qiyin bo‘lgan raqib haqida ham to‘xtaldi. U Lionel Messi yoki Krishtianu Ronalduni emas, aynan Ronaldinyoni ajratib ko‘rsatdi.

Bundesliganing 22-turidan so‘ng Kompani boshchiligidagi «Bavariya» 57 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.

Myunxenliklar Chempionlar ligasida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 final bosqichiga yo‘l oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vensan Kompani yoshligidagi ideal futbolchisini aytdi