Arsenal Vulverhemptonga qarshi APL rekord seriyasini uzaytirdi

Londonning «Arsenal» jamoasi «Vulverhempton» bilan uchrashuvda g‘alabani qo‘ldan chiqardi — autsayder bilan durang, ayniqsa turnir jadvalida «Manchester Siti» bilan peshqadamlik uchun keskin kurash ketayotgan pallada, muvaffaqiyatsiz natija sifatida baholanadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shunga qaramay, bu o‘yin «Arsenal»ning «Vulverhempton»ga qarshi ketma-ket golli seriyasini davom ettirdi: londonliklar barcha turnirlar doirasida bo‘lib o‘tgan o‘zaro 37-uchrashuvda ham raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.
Qayd etilishicha, bu nafaqat «Arsenal»ning shaxsiy ko‘rsatkichi, balki APLdagi amaldagi klublar orasida ham mutlaq rekord hisoblanadi. Angliya futboli tarixida shunga o‘xshash bundan ham uzunroq seriya faqat bir bor uchragan — «Rexhem» 1929–1961 yillar oralig‘ida «Darlington»ga qarshi ketma-ket 49 o‘yinda gol urgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!