date

Kompani Ronaldu va Messidan ko'proq hayratlantirgan futbolchini aytdi

Kompani Ronaldu va Messidan ko'proq hayratlantirgan futbolchini aytdi

“Bavariya” bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritayotgan taniqli sobiq himoyachi Vensan Kompani futbolchilik davridagi eng qiyin raqiblarini yodga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Belgiyalik mutaxassis uning uchun eng katta taassurot qoldirgan futbolchi braziliyalik Ronaldinyo bo'lganini ta'kidladi. Ronaldinyo asosan “PSJ”, “Barselona” va “Milan”dagi o'yinlari bilan tanilgan.

“Menga eng kuchli taassurotni Ronaldinyo qoldirgan. Ha, ehtimol, Ronaldu va Messi — eng zo'r futbolchilar, ammo bitta o'yin doirasidagi hissiyotlar haqida gapirsak, men uchun bu Ronaldinyo”, — dedi Kompani eng murakkab raqiblar haqidagi savolga javoban.

Ma'lumot uchun, Kompani 2020 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. 2024 yil yozidan buyon u “Bavariya”ni boshqarib kelmoqda va o'tgan mavsumda jamoani Bundesligada chempionlikka olib chiqqan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kompani Ronaldu va Messidan ko'proq hayratlantirgan futbolchini aytdi