date

Barselona prezidentligiga nomzod Alvares transferi haqida gapirdi

Barselona prezidentligiga nomzod Alvares transferi haqida gapirdi

"Barselona" prezidentligi uchun nomzod Viktor Font klubning "Atletiko" (Madrid) hujumchisi Xulian Alvaresga qiziqayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

26 yoshli argentinalik futbolchining "ko'k-anorranglilar" safiga ehtimoliy ko'chishi so'nggi kunlarda jahon futbolidagi eng ko'p muhokama qilinayotgan transfer mavzularidan biri bo'lib turibdi.

Fontning aytishicha, Alvares bo'yicha "Barselona"ning muzokaralar olib borayotgani haqidagi ma'lumotlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. "Men buni shuning uchun aytyapman: bilishimcha, ular bu masalada "Atletiko" bilan hech qanday suhbat o'tkazmagan", — deya Fontning so'zlarini Diario AS keltirdi.

Transfermarkt portali Xulian Alvaresning narxini 100 mln yevroga baholamoqda, biroq "matraschilar" o'z yulduzi uchun bundan ham kattaroq summa talab qilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona prezidentligiga nomzod Alvares transferi haqida gapirdi